Xitoyda inson-maymun gibridi yaratildi

Xitoydagi laboratoriyalarda dunyodagi birinchi inson-maymun gibridi yaratildi. Tadqiqotchilar bu hodisani inson hayotini saqlash uchun tashlangan katta qadam deb hisoblashmoqda. Chunki bunday gibridlar inson uchun kerakli ta’na a’zolarini yaratib berishi mumkin ekan, deb yozmoqda Human.uz.
Tadqiqotchilar jamoasining aytishicha, ular inson hujayrasini maymun embrioniga ineksiya qilgan. Bu jarayon embrion tug‘ilish uchun yetarlicha ulg‘ayganda to‘xtatilgan.
Embrion dastlab tana a’zolari o‘sishini nazorat qiluvchi genlarni nofaol shaklga olib kelindi.
Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, axloqiy nuqtai nazardan bu tadqiqot katta qarshilikka va tanqidga uchradi. Chunki inson hujayralari gibrid miyasi tomon harakatlanib inson neyronlarini paydo qilish xavfi mavjud. Agar shunday bo‘lsa, nimalar bo‘lishini hech kim tasavvur qila olmaydi.