Xitoyda yana lokdaun: koronavirusning yangi turi avj olmoqda
- 28.03.2022 17:36
- 505
- COVID-19
Bugundan Xitoyning Shanxay shahrida so‘nggi ikki yildagi eng qattiq karantin choralari ko‘rilmoqda. Hukumat vakillari mamlakatda koronavirus infeksiyasining yangi turi tarqalishi sababli shaharni to‘qqiz kun davomida yopishga qaror qildi.
Bir necha haftadan buyon koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajada oshib bormoqda.
Aholidan uydan ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda. Do‘konlar, ofislar va restoranlar yopilmoqda. Jamoat transporti vaqtincha tuxtatilgan.
Lokdaun ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi navbatda hukumat 25 millionlik shaharning Sharqiy qismini, so‘ngra G‘arbiy qismini yopishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, shaharda lokdaun paytida KOVID-19 uchun ommaviy test o‘tkaziladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa