Xitoylik investor Ishtixondagi ehtiyojmandlarga 4,5 tonna un, 200 litr yog‘ tortiq qildi

Ishtixon tumanidagi “Dong stoun progress” qo‘shma korxonasi 1,5 million dollarlik investitsiya kiritib, marmarni qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalarni olib kelgan. Hozirgi kunda bu yerda 20 nafar ishtixonlik ish bilan band.

– Korxona rahbari Hi Min tomonidan tuman “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish” markaziga 200 litr yog‘ va 4,5 tonna oliy navli un yetkazib berdi, – deydi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Shahobiddin O‘sarov. – Ushbu xayriya kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tarqatildi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.