Xitoyliklar o‘z vaksinalaridan qo‘rqishmoqda

Xitoy provinsial hukumati fuqarolarni qanday yo‘l bilan bo‘lmasin mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksina bilan emlanishga majbur qilmoqda. Ammo Xitoy vaksina yaratgan birinchi mamlakatlardan bo‘lsa-da, mahalliy aholi unga ishonishmayapti, deb yozadi Xitoy kundalik gazetasi “The Global Times”.


Xitoyda asosan “Sinovak” va “Sinofarm” kompaniyalari ikki vaksinasi bilan xoli emlanmoqda. Biroq ushbu vaksinalarning turli nojo‘ya ta’siri aholini ishonchsizligiga sabab bo‘lmoqda. Xaynan provinsiyasidagi Venchan shahrida hukumat ogohlantirish tarqatdi. Unga ko‘ra, intizomsiz shaharliklar Xitoy vaksinasiga ishonchsizlik bildirishgani uchun qora ro‘yxatga kiritiladi. Va supermarketlarga kirishi, jamoat transportidan foydalanishlari taqiqlanadi.


Ammo po‘pisa xalqni shunchalik noroziligiga sabab bo‘ldiki, Venchan hukumatining shafqatsiz ko‘rsatmasini bekor qilishga majbur etdi. Hozirda vaksina bilan emlanishga da’vat etishga minglab faollar jalb etilgan.


Pekinda moliyaviy kvartallardagi devorlarda rangli belgi qo‘yish boshlandi: yashil - 80 foiz, sariq – 40 dan 80 gacha, qizil – 40 foizdan kamroq odam emlanganini bildiradi.

T.Shomurodov tayyorladi.