Xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, 5 million so‘m pora olgan shaxs ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasi rahbari, 1984 yilda tug‘ilgan X.Q. tumanda joylashgan fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan qarzdorligini bartaraf etib, qayta tarmoqqa ulab berishni va’da qilib, ushbu xizmati evaziga 5 million so‘m miqdorida pul mablag‘i talab qiladi.

Mansabdor ushbu pullarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Hozirda, fuqaro X.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.