"Xizmat bo‘lsa, aytavering…"

Ayrimlarini umuman ko‘rmaganman. Jurnaldan o‘sha o‘quvchilarning ism-familiyasini yozib oldim-da, guruh rahbariga uchrashdim. Ahvolni tushuntirdim. Bu o‘quvchilarning ota-onalarini chaqirib, gaplashish zarur, dedim. Undan "Chaqirganimiz bilan baribir kelmaydi", degan javobni oldim. Shundan so‘ng ko‘p dars qoldirgan o‘quvchining ota-onasi telefon raqamini bilib, qo‘ng‘iroq qildim. 
O‘zimni tanishtirgach, o‘quvchining ism-familiyasini aytib, shu o‘quvchining otasimisiz, deb so‘radim. U "Yo‘q, men tog‘asiman. Otasi chet davlatga ishlagani ketgan", dedi. Unda ertaga kelib bizga uchrashing yoki onasi kelsin, deb iltimos qildim. Tog‘a esa shunday javob berdi: "Men sizni tushundim. Yaqinda guruh rahbariga ham uchrashgandim. Mayli, yoningizga boraman, xizmat bo‘lsa, aytavering, rozi qilaman…
Hayron bo‘ldim. Menga sizning xizmatingiz kerak emas. Bola darsga kelmasdan qayerda yuribdi, men shuni bilmoqchiman, deb fikrimni tushuntirishga urindim. U esa yana o‘sha gapni takrorlar edi.