Xo‘ja Ismoil shaharchasining me’moriy qiyofasi qanday bo‘ladi?

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahri, Oqdaryo va Payariq tumanlarida qurilish bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Viloyat rahbari boshchiligidagi mas’ullar dastlab Oqdaryo tumanidagi "Mahdumi A’zam" ziyoratgohi binolarini rekonstruksiya qilish, hududni obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Shundan keyin Adiz Boboyev Imom Buxoriy majmuasi hamda ziyoratgoh joylashgan mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Bu yerda Xo‘ja Ismoil shaharchasining arxitektura va me’moriy qiyofasi hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari bilan o‘tgan o‘rganishda viloyat rahbari hududda boshlangan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish borasidagi ishlar qay darajada ketayotganligi bilan yaqindan tanishdi.
Hududlar bo‘ylab davom etgan tanishish jarayonida, yangi qurilish ob’yektlari uchun tanlangan joylar ham ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda viloyat rahbari ishlarni tez va sifatli bajarish, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.