Xonadonga elektr energiyasini ulash uchun...

Past Darg‘om tumani.

– Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Mazkur reglament bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi.

Xususan, yangi tartibga ko‘ra, 20 kVtdan oshmagan elektr energiyasi tarmog‘iga ulanish uchun tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishingiz mumkin. Zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirganingizdan so‘ng ushbu hujjat asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi texnik shartlarni ishlab chiqadi. So‘ng siz bilan elektr ta’minoti loyihasini kelishadi, qurilish-montaj va sozlash, ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi. Bu yumushlar yakunlangach, elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalaydi va siz bilan foydalanilgan elektr energiyasi to‘lovi bo‘yicha shartnoma tuzadi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Qosim XO‘JAMURODOV,

"O‘zdavenergonazorat" Samarqand hududiy bo‘limi inspektori.