Xonaqohlar ziyorat turizmining ajralmas qismi

 Bugungi kunda dunyoda tarixiy shaharlar jozibadorligini oshirish maqsadida madaniy meros ob’yektlarini saqlash va ta’mirlash, ulardan zamonaviy turizm maqsadlarida foydalanish, yangi sayyohlik ziyorat marshrutlariga kiritish zarurati tug‘ilyapti. Ayniqsa, tasavvuf maskanlari bo‘lmish xonaqohlar bugun ziyorat turizmining ajralmas qismiga aylanib boryapti.

Yaqinda arxitektura olimlari A.O‘rolov va I.Mamatqulovlarning ayni shu yo‘nalishda “O‘zbekistonning o‘tmishdagi tasavvuf maskanlari – xonaqohlar arxitekturasi” monografiyasi chop etildi. Monografiya xonaqohlar arxitekturasi, ularning shakllanishi va rivojlanish asoslari, xonaqohlardan samarali foydalanish yo‘llarini kompleks o‘rganishga bag‘ishlangan.

Shuningdek, ushbu olimlar hammuallifligida “Landshaft arxitekturasi qurilmalari va dizayni” hamda “Me’morchilikda rang” o‘quv qo‘llanmalari ham chop etilgan.