Xorazmning eng faol ijodkorlari asarlari kitob holida chop etiladi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan ijodkorlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Kitob haqidagi eng yaxshi she’r, hikoya va badiiy publitsistika" tanlovi o‘tkazildi.
Unda “Kitob haqidagi eng yaxshi she’r” yo‘nalishida Bekmurod Usmonov (“Agar do‘sting kitob bo‘lsa” she’ri), “Kitob haqidagi eng yaxshi hikoya” yo‘nalishida Shirin Soburova (“Dunyoning bolasi” hikoyasi), “Kitob haqidagi eng yaxshi badiiy publitsistik maqola” yo‘nalishida Donoxon Ro‘ziboyeva (“Jajji yurak iztiroblari” maqolasi) g‘olib deb topildi.
Shuningdek, faol ijodkorlar turli nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.
Muhimi, “Ijod” fondi tomonidan tanlov g‘oliblarining asarlari jamlanib, kitob holida nashr qilinadi.
Gavhar IBODULLAYeVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari.