Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yangi raketa poygasi boshlanmoqda. Tel-Avivda namoyishchilar Netanyahudan kelishuv tuzishni talab qilmoqda

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Britaniyaga bordi – uning samolyoti Qirollik havo kuchlari bazalaridan biriga qo‘ngan.

🔹 Qozog‘iston rasmiylari bir nechta atom elektr stansiyalari qurish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Reja faqat bitta AES qurish emas, balki atom energetikasini mamlakat atom sanoatining bir qismi sifatida rivojlantirishdir, deydi energetika vaziri Almasadam Satkaliyev.

🔹 Tel-Avivda isroilliklar namoyishi: ular Benyamin Netanyahudan HAMAS bilan kelishuvga erishish va garovga olinganlarni uyga qaytarishni talab qilmoqda. Bugun Isroil vakillari Misrga - G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaraga borgan.

🔹 Xitoy Qozog‘istonda mamlakatdagi 600 dan ortiq fermer xo‘jaliklari va chorvachilik xo‘jaliklarini birlashtirgan go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik markaz yaratish uchun 600 million dollardan ortiq sarmoya kiritmoqda.

🔹 Shtutgart Oliy mintaqaviy sudi bir tadbirkorni Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib bergani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu ishga uning kompaniyalaridan birini boshqargan 54 yoshli rafiqasi ham aloqador. Ayolga jinoiy sherik sifatida bir yilu to‘qqiz oy shartli jazo tayinlandi.

🔹 Rossiya prezidenti mamlakat qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni ishlab chiqarishni qayta tiklashini va kerak bo‘lsa, ularni joylashtirish qarorini aytdi. Mutaxassislarning fikricha, bu raketalar ham oddiy, ham yadro kallaklarini tashishga qodir. Qo‘shma Shtatlar esa Germaniyaga 2026 yildan boshlab yangi qurollar, jumladan yadro kallaklari bilan jihozlangan gipertovushli raketalar joylashtirilishini e’lon qildi. Bu Ukrainadagi mojaro va Putinning yadroviy ritorikasi bilan bog‘liq keskinlik, har ikki tomon uchun tahdidlar kuchayishi va Xitoy bilan keng qurollanish poygasi fonida ro‘y bermoqda.

🔹 Slovakiya Ukraina tomonidan joriy qilingan tranzit taqiqi tufayli "Lukoyl"dan quvur orqali neft olishni to‘xtatdi.

🔹Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi “Kizilelma” nomli yangi uchuvchisiz jangovar qurilma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.