Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Eron yadroviy qurol yaratishdan voz kechishga tayyor

🔹Isroil armiyasi Livanga hujumlarning yangi to‘lqini boshlanganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Livandagi Hizbulloh harakati Megiddo harbiy aerodromi va Isroil havo kuchlarining Ramat-Devid aviabazasiga raketa hujumi qildi.

🔹Chiqindi gazlarini eng ko‘p ishlab chiqarayotgan mamlakatlar reytingi e’lon qilindi. Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon, Tayvan, Janubiy Koreya va Xitoy ro‘yxat yuqorisidan joy oldi.

🔹 Ukrainadagi mojaro kelasi yil boshidayoq tugashi mumkin. Harbiy harakatlar tugashini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda AQSh Kongressining ikki partiyali delegatsiyasi bilan uchrashuvda taxmin qilgan.  

🔹 Donald Tramp Zelenskiyni tarixdagi "eng yaxshi savdogar" deb atadi. Uning aytishicha, har gal AQShga safaridan keyin Ukraina rahbari mamlakatni milliardlab dollar bilan tark etadi. 

🔹 Eron Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi shartlariga qaytishga tayyor va yadro qurolini ishlab chiqishni davom ettirmaydi. Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan uchrashuvda aytdi.

🔹 Rossiyada internet yoki ommaviy axborot vositalarida mansabdor shaxslarni haqorat qilganlik uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo joriy etishga tayyorlanmoqda.

🔹 Qirg‘iziston parlamentining tegishli qo‘mitasi Asqar Akayevning mamlakatning sobiq prezidenti maqomini tiklash haqidagi arizasini ko‘rib chiqdi va parlamentga rad etishni tavsiya qildi.

🔹 BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo Afg‘oniston hukumatidan mamlakat ayollariga nisbatan barcha kamsituvchi cheklovlarni zudlik bilan bekor qilishni talab qildi.

🔹 Donald Tramp kelasi hafta McDonald’sda ishlab ko‘rmoqchi.

🔹 Bir vaqtlar Rossiya televideniyesining mashhur telepati Anatoliy Kashpirovskiy 30 yil davomida axborot maydonidan g‘oyib bo‘lgan va AQShda yashagan edi. Yaqinda u Rossiyaga qaytdi va yana o‘zining "shifolash" faoliyatini boshladi.