Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Kim Chen In o‘nlab amaldorlarni qatl etdi. Deputatlar Makronni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
🔹 Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba iste’foga chiqarildi. Zelenskiy TIV rahbarida xorijiy davlatlardan harbiy yordamni jalb qilish tashabbusi yo‘q, degan fikrni bildirgan edi. Kulebaning ishdan bo‘shatilishi Ukraina hukumatidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarning bir qismi bo‘ldi. 3 sentyabr kuni uch vazir va ikki bosh vazir o‘rinbosari iste’foga chiqqandi. O‘zgarishlar hukumat tarkibining qariyb yarmiga ta’sir qilishi aytilmoqda.
🔹 Kecha AQShning Jorjiya shtatidagi maktabda yuz bergan otishmada halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan. Otishma sodir etgan 14 yoshli o‘quvchi hibsga olingan, FTB u kattalar sifatida sud qilinishini aytmoqda. Ushbu ko‘rsatma unga aynan shunday chora ko‘rilishi mumkinligini anglatadi.
🔹 Putin AQSh saylovlarida Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi: Bayden bizning "yoqimtoyimiz" edi, lekin u poygadan chetlashtirildi va barcha tarafdorlariga Xarrisni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qildi. Biz ham uni qo‘llab-quvvatlaymiz".
🔹 Shimoliy Koreya hukumati iyul oyi oxirida mamlakat shimolida minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan halokatli suv toshqini ortidan o‘nlab yuqori martabali amaldorlarni qatl qildi. OAVga ko‘ra, beparvolikda ayblangan 20 dan 30 nafargacha rahbarlar otilgan.
🔹 Armanistonda G‘arbiy Nil bezgagi bilan kasallangan 108 ta holat qayd etilgan.
🔹 Malayziya BRIKSga a’zo bo‘lish va ushbu tashkilotga kiruvchi davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy hamkorlikni mustahkamlash niyatini bildirdi.
🔹 Xitoy Afrika davlatlaridan 6000 nafar harbiy xizmatchi va 1000 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlarini o‘qitish va bu sohada mintaqaga yordam berish niyatida.
🔹 Agar AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar 1929-1939 yillardagi Buyuk Depressiya bilan taqqoslanadigan iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ladi, dedi Donald Tramp.
🔹 HAMAS harakati Isroil mamlakatda bosqinchiligini davom ettirsa G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarni qatl etishini bildirdi. Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniyel Xagarining aytishicha, 31 avgust kuni kechqurun Rafah shahri yaqinidagi yer osti tunnellaridan birida garovga olingan olti nafar isroillikning jasadi topilgan.
🔹 Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili 26 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari natijalarini hech qanday sharoitda tan olmaydi va ularni noqonuniy deb ataydi.
🔹 AQSh G‘azo bo‘yicha 18 banddan iborat yangi rejaga asosan 90 foiz kelishuvga erishganini e’lon qildi.
🔹 80 dan ortiq deputat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning hukumatdan chetlatilishini talab qiluvchi rezolyusiyani imzoladi. Qaror mualliflari parlamentdan prezidentga qarshi impichment jarayonini boshlashni talab qilmoqda. Bunga Makronning 7 iyuldagi saylovlarda g‘alaba qozongan koalitsiyadan bosh vazir tayinlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi, bu esa Fransiya tarixida misli ko‘rilmagan voqea.