Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Koronavirus laboratoriyada yaratilganiga oid xulosa e’lon qilindi. Vetnamlik eng boy ayol o‘limga hukm qilindi
🔹 AQSh va Birlashgan Arab Amirliklari Suriya prezidenti Bashar Asad Erondan uzoqlashsa va Livandagi “Hizbulloh” guruhiga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa, unga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishini ma’lum qilmoqda.
🔹 Litva Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga siyosiy boshpana berishga tayyorligini ma’lum qildi. Prezident Salome Zurabishvilining vakolat muddati shu yil 16 dekabrda tugaydi. Bugun Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident Salome Zurabishvilining 26 oktyabrda o‘tgan saylov natijalarini bekor qilish va parlamentni tan olmaslik haqidagi da’vosini rad etdi.
🔹 Zelenskiy faqat NATOga a’zo bo‘lish evaziga tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligiga ishora qilmoqda.
🔹 Global iqtisodiyotga ta’sir qilgan va millionlab odamlar hayotiga zomin bo‘ldi koronavirus laboratoriyada yaratilgan. COVID-19 bo‘yicha AQSh tomonidan 2 yillik tekshiruvdan so‘ng yakuniy hisobot e’lon qilindi. Unda aytilishicha, Uxanda Virusologiya instituti (WIV) mavjud bo‘lib, u yerda alohida viruslar, jumladan, koronaviruslar funksiyalarini kuchaytirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. AQSh grant tizimi orqali WIV tajribalarini, jumladan, ko‘rshapalakdagi koronavirus va bu virusning odamga yuqishi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirgan, deyiladi.
🔹 Vetnamlik ishbilarmon, mamlakatning eng boy ayollaridan biri Truong Lan firibgarlik ishi bo‘yicha apellyasiya shikoyatiga rad javobi oldi va o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ammo agar u 9 milliard dollar to‘lasa jazodan qutulishi mumkin. Vetnam qonunlariga ko‘ra, iqtisodiy jinoyatlar uchun o‘limga hukm qilinganlar o‘g‘irlangan mablag‘ning 75 foizini qaytarsa, ularning hayoti saqlanib qoladi.
🔹 Sibirda 20 haroratli "qish jaziramasi" hukmron. Mamlakatning deyarli butun Osiyo qismida g‘ayritabiiy ob-havo, me’yordan 16-20 daraja yuqori iliqlik kuzatilmoqda.
🔹 Hindistonlik fermerlar norozilik marshini uyushtirdi. Ular hukumatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga minimal narx kafolatlanishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular 60 yoshdan oshgan barcha fermer va qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun pensiya talab qilmoqda.
🔹BAA o‘z tarixidagi eng yirik harbiy paradni o‘tkazdi.