Xorij voqealari qisqa xabarlarda: NATOning 500 mingdan ortiq askarlari shay holatda. Kamala Xarrisning prezidentlik kampaniyasiga rekord miqdorda xayriya qilindi

🔹 NATOning 500 mingdan ortiq askarlari shay holatga keltirildi. Ekspertlarga ko‘ra, bu sovuq urush davridan beri eng keng qamrovli mudofaa rejalarini anglatadi. Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni AQSh va Yevropada joylashgan harbiy bazalar shay holatga keltirilgani haqida xabar berilgan edi. Bu AQSh Qurolli Kuchlarining harbiy ob’yektlariga bir qator hujumlar tayyorlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlarini olishi fonida sodir bo‘ldi.

🔹 AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlari Kamala Xarrisning prezidentlik kampaniyasiga rekord miqdorda – 50 million dollardan ortiq xayriya qilishdi.

🔹 AQSh Ukraina chegaralari yaqinida strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirmoqda. Yangi joyda ular AQSh Harbiy-havo kuchlarining bombardimonchi otryadining bir qismi sifatida NATO kuchlari bilan hamkorlik qilishni boshlaydi. "Qo‘shma Shtatlar sharqiy qanotdagi NATO ittifoqchilari va hamkorlar bilan mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan jamoaviy va muvofiqlashtirish qobiliyatini ta’minlashga intiladi", dedi Harbiy havo kuchlari generali Jeyms Xekker.

🔹 Germaniya tashqi ishlar vazirligi diplomatlari AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp AQShda hokimiyat tepasiga qaytishi mumkin bo‘lgan ssenariyni muhokama qilish va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun norasmiy “inqiroz guruhi”ni tuzdi. Aytilishicha, Trampning Oq uyga qaytishi Germaniya va uning dunyodagi o‘rni uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Tramp bir necha bor Germaniyani NATO uchun mablag‘ yetarli emasligini, Germaniyani savdo nomutanosibligini tanqid qilgan va Germaniyaning savdo siyosati Amerika iqtisodiga zarar yetkazayotganini ta’kidlagan.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden saylovoldi kampaniyasi yakunlanganini e’lon qilganidan keyin jahon bozorida neft narxi 0,3-0,4 foizga ko‘tarilmoqda.

🔹Yevropa Ittifoqi diplomatlari Vengriya bosh vaziri Orbanning xatti-harakatlari va uning Ukrainaga yordamni cheklashga urinishlarini qanday chetlab o‘tishni muhokama qilishga kelishdi.