Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Rossiya deportatsiya tayyorlamoqda: Qirg‘iziston vatandoshlarini ogohlantirmoqda. Eronda isyonchi talaba ruhiy kasal deb topildi. Bir dollarga Italiyadan uy

🔹 Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 71 949 nafar fuqaro Rossiyadan 2025 yilda deportatsiya qilinishi mumkinligi haqida bayonot berdi. 

🔹Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi qonunni qabul qildi. Ushbu qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi.

🔹 "Biz hammamiz o‘limga juda yaqinmiz." AQshlik taniqli boshlovchi Taker Karlsonning ta’kidlashicha, Baydenning Kiyevga ATACMSni Rossiyaning chuqur qismida urishga ruxsat berishi amerikaliklarga tahdid soladi. U prezidentni "oqsoq o‘rdak" deb atadi va "hozirgina dunyodagi eng xavfli davlat bilan qaynoq urush boshlaganini" aytdi.

🔹 Tramp AQSh tarixida siyosat uchun birinchi maxsus “kripto podshoh” pozitsiyasini yaratmoqchi, deb yozadi Bloomberg. Saylangan prezidentning jamoasi allaqachon kripto-biznes vakillari bilan munozaralarni boshlab yuborgan. Tramp bu lavozimga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

🔹 Ukraina hududlar va suverenitet bo‘yicha murosaga kelishni nazarda tutuvchi hech qanday tinchlik takliflarini qabul qilmaydi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Sibiga. Zelenskiy avvalroq Qrim diplomatik yo‘llar bilan qaytarilishi mumkinligini aytgandi.

🔹 Kiyev harbiy-havo kuchlari xabariga ko‘ra, bugun Ukrainaga hujum paytida Rossiya Astraxan viloyatidan qit’alararo ballistik raketani uchirgan. Rossiya urush davrida birinchi marta bunday uzoq masofaga uchuvchi raketadan foydalangani aytilmoqda.

🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressni Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzidan kechish niyati haqida xabar berdi.

🔹 Eronda bir oy oldin majburiy hijob kiyishga qarshi norozilik bildirib, ustki kiyimini yechgani uchun hibsga olingan talaba qiz Axa Daryoiyni ozod qildi. Tehron universitetida sodir bo‘lgan va videoga olingan voqea keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Rasmiylar qizni psixiatrik ekspertizadan o‘tkazgach, sud uni “ruhiy kasal” deb topib, hech qanday ayblovlarsiz oilasiga qaytargan.

🔹 Italiyaning Sardiniya oroli hukumati Oq uyning navbatdagi egasi – Donald Trampdan yashirinishni istaganlarni uy-joy bilan ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, arzon narxga qo‘shimcha ravishda, ajoyib dam olish sharoitlari kafolatlanadi.

🔹 "Devorga yopishtirilgan banan" kim oshdi savdosida 6,2 million dollarga sotildi. Ushbu asar italiyalik rassom Mauritsio Kattelan tomonidan yaratilgan. Xaridor yaqin kunlarda devordagi bananni olib yeb qo‘yishi haqida xabar bergan.