Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ukraina dronlari Murmanskka uchdi. Yilning eng qimmat kompaniyasi e’lon qilindi. Ronaldu mutlaq rekord o‘rnatdi
🔹 Kursk viloyatiga Ukraina Qurolli Kuchlari hujumining 16-kunida Rossiya armiyasi qurshovda qolmoqda. Rossiya janubiga ikkinchi yirik hujum uyushtirildi: Murmanskka Ukraina dronlari uchirildi. 50 ga yaqin dron urib tushirilgan. Rasmiylar fuqarolarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xotirjamlikni saqlashga va xavfsizlik xizmati ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.
🔹 “[АҚШ вице-президенти] Kamala Xarris va korrupsioner [АҚШ раҳбари] Jo Baydenning zaifligi va qobiliyatsizligi mamlakatimiz tarixidagi eng haqoratli voqea va butun dunyo tarixidagi eng yirik harbiy ofatlardan biriga olib keldi. Amerika harbiylarini Afg‘onistondan halokatli chekinishi aks etgan dahshatli kadrlarni hech kim hech qachon unutmaydi”, dedi Donald Tramp suiqasddan keyin birinchi marta ochiq maydonda Karolina tarafdorlariga.
🔹 Eron sobiq prezident Ibrohim Raisi halok bo‘lgan voqea tergovini yakunladi. “Xavfsizlik va razvedka xizmatlari batafsil tekshiruvni yakunladi va voqea tasodif ekanligi aniq”, deya ma’lum qilgan Eron razvedka xizmatlaridagi manba. "Vertolyotdagi yo‘lovchilar soni me’yordan oshgan va u balandlikka ko‘tarila olmay, tumanda toqqa qulagan".
🔹 Krishtianu Ronaldu 21 iyun kuni "YouTube"da o‘z kanalini ochdi. Birinchi 100 ming obunachiga ega bo‘lish uchun unga 55 daqiqa vaqt kerak bo‘ldi. Futbolchining kanali bir yarim soat ichida million obunachi chegarasidan o‘tib ketdi. Tez orada Ronaldu obunachilar soni bo‘yicha kanali 12 yil avval paydo bo‘lgan Lionel Messidan o‘zib ketdi.
🔹 Ukraina rasmiylari shu yilning kuzida Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralar uchun shart-sharoitlarni tayyorlash niyatida. Bu haqda Kiyev Independent nashri prezident Vladimir Zelenskiyga yaqin manbasiga tayanib xabar bermoqda. Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatidagi so‘nggi hujumlaridan so‘ng Rossiya Ukraina bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmayotganini bir necha bor ta’kidlagan.
🔹 Tarixdagi eng katta olmoslardan biri Janubiy Afrikadagi Botsvanada qazib olindi. Toshning og‘irligi 2492 karat.
🔹 NATO Finlyandiyadagi mavjudligini kuchaytiradi: Mikkelida 5000 nafargacha askardan iborat zirhli brigada joylashtiriladi. Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya bilan chegaralarda harbiy ishtirokini kuchaytirishda davom etmoqda. Rossiya rasmiylari Moskva NATOning Rossiya chegaralari yaqinida kengayib borayotgan harbiy ishtirokini milliy xavfsizlikka tahdid deb bilishini ta’kidlamoqda.
🔹 AQShning Kiyevdagi elchixonasi yaqin kunlarda Ukraina Mustaqillik kunini nishonlash arafasida keng ko‘lamli raketa va dron hujumlari xavfi kuchayishi haqida ogohlantirdi. Ukrainaning Mustaqillik kuni 24 avgustda nishonlanadi.
🔹 Falastinning HAMAS va "Islomiy jihod" harakatlari Tel-Aviv bilan tuzilgan har qanday kelishuvda Isroil qo‘shinlarini butun blokada qilingan G‘azo sektoridan olib chiqib ketish ko‘zda tutilishi lozimligini ta’kidlamoqda. G‘azodagi gumanitar vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda. G‘azo aholisining qariyb 95 foizi og‘ir ahvolda, 15 foizi ocharchilik yoqasida.
🔹 Apple Microsoft va Googleni ortda qoldirib 2024 yilda eng qimmat texnologiya kompaniyasiga aylanadi va eng qimmat brend reytingida birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Brand Finance xalqaro brendni baholash konsalting kompaniyasi ma’lum qildi.
🔹 AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Ilon Mask tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, X (sobiq Twitter) foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zining demokrat raqibi Kamala Xarrisdan o‘zib ketgan. AQSh vitse-prezidentligiga nomzod, respublikachi Jeyms Devid Vens Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarrisni darsga tayyorlanmagan va tushuntira olmaydigan uchinchi sinf o‘quvchisiga qiyosladi.