XXI asrning dolzarb muammolaridan biri qay tartibda hal qilinyapti?

Gender tenglikni ta’minlash uchun qonunchilik bazasini mustahkamlash zarur. Buning uchun ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarni kuchaytirish va ularning amal qilinishiga qat’iy nazorat o‘rnatish lozim.
Shuningdek, ta’lim tizimida gender masalalariga alohida e’tibor qaratib, ayol va yosh qizlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish juda muhimdir. Bu ularning jamiyatda faol ishtirok etishiga imkon beradi.
O‘z navbatida, zo‘ravonlikning oldini olishda jamiyatdagi stereotiplar va an’analar bilan kurashish kerak. Ayniqsa, oilalarda va maktablarda gender haqida tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Gender tenglikni ta’minlash borasida bir qator choralar ko‘rilishi kerak, shu jumladan, jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi kampaniyalar o‘tkazish, javobgarlikni oshirish lozim.
O‘ziga xos tarbiya, qonunchilik hamda ijtimoiy o‘zgarishlar orqali odamlar ongida gender tenglik g‘oyasini mustahkamlash mumkin.
Gender tenglik va zo‘ravonlikning oldini olish faqatgina qonunlar bilan emas, balki jamiyatning barcha qatlamlaridagi munosabatlar va tushunchalarni o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi lozim. Bu esa barcha uchun tinch, adolatli va barqaror yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, gender tenglik va zo‘ravonlik masalalari jamiyatning ijtimoiy barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, gender tenglikni ta’minlash, bu - inson huquqlarini himoya qilishning eng asosiy qismi hisoblanadi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar gender tenglikni jamiyatdagi barcha sohalarda o‘sish va taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichi sifatida qabul qilgan.
Har bir mamlakatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri oilaviy va ijtimoiy stereotiplardir.
Ayniqsa, ba’zi jamiyatlarda ayollarning rolini cheklash va ularga nisbatan noqonuniy munosabatlar odatiy holga aylanishi mumkin. Shuning uchun ham, ijtimoiy tarbiya jarayonida gender tenglik masalalariga alohida e’tibor qaratish lozim. Maktablarda hamda oilalarda bolalarga gender asosidagi tenglik tushunchalarini targ‘ib etish muhimdir.
Ikkinchidan, qonunchilik tizimida zaif qatlamlarni, xususan, ayollarni himoya qiluvchi qonunchilikni mustahkamlash zarur. Huquqiy himoyasizlikdan qo‘rquv ayollarni zo‘ravonlik holatlarini yashirishga majbur qiladi. Shu bois zo‘ravonlik qonunlarining samarali amalga oshirilishi uchun sud va ijro organlari xodimlarini kasbiy jihatdan tayyorlash ham muhimdir.
Uchinchidan, jamiyatda gender tenglikni mustahkamlash va zo‘ravonlikka qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Matbuot, televideniye va internet platformalari orqali gender tenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish, zo‘ravonlik holatlari haqidagi ma’lumotlarni oshkoralik bilan yoritish yordamida aholi ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Shuningdek, iqtisodiy muammolarni hal qilish orqali ham ayollarning mustaqilligini oshirish mumkin. Ayollarning mehnat bozoriga kirishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish zarur. Bu ularning o‘z hayoti ustidan nazoratini kuchaytirishga olib keladi va zo‘ravonlikka qarshi immunitetni oshiradi.
E’tirof etish kerakki, gender tenglik va zo‘ravonlikning oldini olish masalasi – jamiyatning barcha sohalarida uchraydigan murakkab ijtimoiy muammo bo‘lib, uning hal etilishi davlat siyosati darajasida hamda mahalliy jamiyatlarda birgalikda amalga oshirilishi shart. Gender tenglik deganda, erkak va ayollar teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi tushuniladi, bu esa ijtimoiy adolatning asosiy yo‘nalishi sifatida qaraladi.
Aynan gender tenglikning ta’minlanishi orqali jamiyatda zo‘ravonlik holatlarining keskin kamayishi mumkin. Zo‘ravonlikning asosiy sabablaridan biri – gender asosidagi noto‘g‘ri tushunchalar va o‘zining yoki boshqalarning huquqlarini hurmat qilmaslikdir. Shu sababli, gender tenglikni ta’lim tizimida yoshlikdan boshlab targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.
Shu nuqtai nazarda qaraganda, ta’lim tizimida bolalar va yoshlar orasida gender tenglik tushunchasini shakllantirish, ayollar va erkaklarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy hayotdagi roli haqida bilimlar berish katta ahamiyatga ega. Bunda o‘quv dasturlariga genderga oid modullarni kiritish, maktablarda va oliy ta’lim muassasalarida maxsus treninglar tashkil etish lozim. Bu yosh avlodning gender tenglikni qadrlashini ta’minlaydi.
Iqtisodiy sohada ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun turli dasturlar, kreditlar va subsidiyalar yo‘lga qo‘yilishi kerak. Ayollarning o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, mehnat bozorida ularning ishtirokini kengaytirish – gender tenglikni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ayollar va erkaklarga nisbatan adolatli maosh va ish sharoitlarini ta’minlash lozim.
Qonunchilik sohasiga nazar solsak, davlat tomonidan ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi shart. Zo‘ravonlik qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarini tezkor va adolatli ko‘rib chiqish, jabrlanuvchilarga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish juda muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda ham bu borada davlat siyosati shakllantirilmoqda, ammo bu jarayonda jamiyatning barcha qatlamlari – davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar hamkorlikda ishlashi kerak.
Jamiyatda gender tenglik masalasidan kelib chiqadigan stereotiplarni yo‘q qilish uchun ommaviy axborot vositalari va mediada turli targ‘ibot va tashviqotlar o‘tkazilishi zarur. Televideniye, radio va internet orqali gender tenglik va zo‘ravonlikka qarshi kurash mavzulariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar, maqolalar va ijtimoiy roliklar tark etilishi, ijtimoiy tarmoqlarda tegishli g‘oyalar keng tarqatilishi kerak.
Gender tenglik va zo‘ravonlikka qarshi kurash – bu tizimli yo‘nalish talab qiladigan murakkab masaladir. Qonunchilik, ta’lim, ijtimoiy tarbiya va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish orqali bu muammoni samarali hal qilish mumkin. Jamiyatning barcha a’zolari – davlat va fuqarolar – bu jarayonda o‘z mas’uliyatini anglab ish tutishlari lozim.
Luqmon Asatov,
Past Darg‘om tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.