Yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berish tizimi joriy qilinadi
Prezident ishtirokida yig‘ilishda raqamlashtirish vazirligiga tegishli vazirlik va hokimliklar bilan birgalikda:
- aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar bo‘yicha 26 ta axborot tizimini Yagona davlat xizmatlari portali bilan birlashtirish;
- ushbu portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hozirgi 370 tadan 570 taga yetkazish;
- yangi avtotransportlarni onlayn davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berish tizimini joriy qilish;
- yana 8 turdagi notarial harakatlarni onlayn shaklga o‘tkazish;
- jami 11 mingga yaqin suv xo‘jaligi ob’yektlarida suv hisobini yuritishning raqamli tizimini joriy etish;
- 2 mingdan ziyod meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashgan monitoring tizimiga o‘tkazish;
- barcha tibbiyot muassasalarini lokal tarmoq bilan qamrab olish, ularni kompyuterlar bilan to‘liq jihozlash;
- tibbiyotni raqamlashtirish bo‘yicha 50 million dollarlik loyihani boshlash vazifasi qo‘yildi.