Yangi bog‘cha 60 nafar bolani bag‘riga oldi
- 29.06.2022 14:08
- 101
- Samarqand
Nurobodda o‘tayotgan yoshlar festivali doirasida tumanning Ittifoq mahallasida 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.
60 o‘rinli mazkur bog‘cha binosining bunyod etilishi uchun 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ sarflandi.
- Shu kunlarda mahallamiz ahlining quvonchi cheksiz. - deydi mahalla faoli Toshbotir Mavlonov. – Mana, bugun bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirilayotgan bo‘lsa, kuni kecha mahalla markazi, tibbiyot punkti ishga tushirilgandi.
O‘tkazilayotgan yoshlar festivali ma’naviyat targ‘iboti tadbirlariga ulanib ketdi. Poytaxtdan kelgan respublika ma’naviyat targ‘iboti guruhi a’zolari, kino va teatr aktyorlari, yozuvchi va shoirlar hamda san’atkorlarning chekka hududlarda yashayotgan odamlarning qalbiga ko‘tarinkilik bag‘ishlayapti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa