Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti: harorat biroz pasaya boshlaydi
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 27 iyuldan respublikaning shimoliy hududlariga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Volgabo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati biroz pasayadi va +37...+40 daraja, ba’zi joylarda, janubda +42 darajagacha, shimolda +34...+37 daraja atrofida bo‘ladi.
Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi.
Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga
kelib +33...+35 darajani tashkil etadi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi, ba’zi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 daraja past bo‘ladi.
26-27 iyul kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.