Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan Samarqanddagi ayrim ko‘chalarda 5 yanvarga qadar avtotransport vositalari harakati taqiqlanadi
Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shaharda Yangi yil archasi o‘rnatilishi va bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududlarda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2023 yilning 20 dekabridan 2024 yilning 5 yanvariga qadar shahar hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq quyidagi belgilangan joylarda avtotransport vositalari harakati taqiqlanadi:
- Universitet xiyoboni boshlanishi, Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatrigacha bo‘lgan ko‘chada va Ko‘ksaroy maydonida;
- Shohruh Mirzo va Mustafo Kamol ota Turk ko‘chalari kesishmasida;
- Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Temiryo‘l vokzali oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida;
- Sartepa maskanidagi Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi oldidan o‘tgan 200 metrlik masofadagi qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Darg‘om ko‘chasining 1-madaniyat va dam olish markazi oldidan o‘tuvchi qismida;
- Xishrav shaharchasi Zakovat ko‘chasining Olmaota ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Farhod shaharchasi "Zarafshon" istirohat bog‘i oldidagi ko‘chada;
- Qorasuv massivi 99-, 116-uylarning oldidan o‘tuvchi ko‘chada.