Yangi yil hangomalari
Qizaloq oshxonada kuymalanayotgan oyisini chaqiryapti:
- Oyi, tezroq keling archa yonyapti.
- Yondi emas, yarqirayapti, deyiladi, qizim.
- Oyi, tezroq keling, divan ham yarqirayapti.
***
- Yangi yilni qanday kutib olsang, shunday o‘tkazasan, deyishadi.
- Xo‘sh…
- Yangi yilda svet va gazdan qarzimni uzaman, deb o‘ylagandim, yil bo‘yi shuni o‘ylab yurdim.
***
Sudya so‘rayapti:
- Nima uchun ajrashmoqchi bo‘lyapsizlar?
Er:
- Bilasizmi, sudya janoblari, mening xotinim nihoyatda mijg‘ov. Masalan, mart bayramlaridan buyon archani qachon chiqarib tashlaysan deb xoli-jonimga qo‘ymaydi.
***
- Alkogol va chekish haqida shunchalik ko‘p o‘qiganmanki, Yangi yildan tashlashga qaror qildim.
- Nimani? Ichishnimi, chekishnimi?
- O‘qishni.
***
- Oyisi, senga Yangi yilga nima sovg‘a qilay?
- Bilmasam…
- Yaxshi, o‘ylab ko‘rishingga yana bir yil muhlat.
***
O‘qituvchi bolalardan so‘rayapti:
- Qaysi kasbni tanlaysiz?
Kimdir vrach, kimdir kosmonavt, kimdir o‘t o‘chiruvchi, Akmal esa Qorbobo bo‘lishni xohlayman dedi.
- Nima uchun, - so‘radi o‘qituvchi.
- Zo‘r ishda, bir hafta-o‘n kun ishlaydi, keyin yil bo‘yi dam oladi.
***
Uchinchi marta Yangi yilga spirtli ichimliklar xarid qilishga urinyapman. Har safar degustatsiya bilan yakun topyapti.
***
- Yangi yil bayramini nimaga o‘xshatasan?
- Xuddi do‘kon va bozorlarda «Kim ko‘p xarid qilsa, evaziga avtomobil» aksiyasiga.
***
Yaxshi erkak Yangi yilda archani bezaydi, juda yaxshi erkak esa xotinini.
G.XOLDOROVA tayyorladi.