Bosh vazir o‘rinbosari samarqandlik eksportchi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Viloyat hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjayev va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari I.Ergashev ishtirok etdi.
Muloqotda tadbirkorlarning eksport faoliyatiga ko‘maklashish doirasidagi dolzarb masalalar, jumladan, gaz va elektr energiyasi ta’minoti, qadoqlash va logistika kabi jihatlar yuzasidan kelib tushayotgan muammo va takliflar tinglandi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning har bir murojaatiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Mas’ullarga eksportchilarning muammolarini hal etish yuzasidan tezkor topshiriqlar berildi, ba’zi masalalar joyida hal etildi.