Yangi yil umid, quvonch va yangi imkoniyatlar bayrami

Yangi yilhar bir inson hayotida yangilanish, umid va quvonch ramzi bo‘lgan bayram. Bu kun yangi rejalar tuzish, orzularni amalga oshirishga intilish va oxirlayotgan yilning xotiralarini yodga olish kuni.

Yangi yil bayrami odamlarga bir-biriga mehr va iliqlik ulashish, yaqinlari bilan vaqt o‘tkazish, oilaviy ananalarni davom ettirish uchun ajoyib imkon yaratadi. Ushbu bayram har birimizni oldinga intilishga undaydi. Bu kunda bezatilgan archa, turli yeguliklar va sovg‘alar, yaqinlarni yo‘qlash bayram kayfiyatini yanada yuksaltiradiDunyoda eng keng tarqalgan ushbu bayram haqida nimalarni bilamiz?

Eng qadimgi yangi yil miloddan avvalgi 2000 yilda Mesopotamiyada nishonlangan. O‘sha paytda yangi yilning birinchi kuni martda, xususan, bahorgi teng kunlik deb hisoblanganMesopotamiya aholisi o‘sha kuni turli marosimlarni o‘tkazganlar. O‘zlarining oliy ilohi Mardukning dengiz ilohi Tiamat ustidan qozongan g‘alabasini nishonlaganlar. Bazida yangi hukmdorga toj kiydirganlar yoki amaldagi hukmdorga davlat boshida qolishga ramziy ravishda ruxsat berganlar.

Tarixda yangi yil har doim ham 1 yanvardan boshlanmagan, yil davomiyligi esa doim ham 365 kun bo‘lmagan. Hozirgi kunda dunyo miqyosida foydalaniladigan Rim taqvimining birinchi talqinida yil davomiyligi 10 oydan iborat bo‘lgan. Yil rimliklarning urush xudosi Mars sharafiga atalgan mart oyida boshlangan va 301 kunni tashkil etib, dekabrgacha davom etganMiloddan avvalgi VII asrda, Rim hukmdori Num Pompilius davrida taqvim oy sikliga o‘tkaziladi va bazi o‘zgarishlar yuz beradi. Xususan, yil davomiyligi 50 kunga oshdi, mavjud oylar qisqaradi va yangilari - yanvar va fevral paydo bo‘ladi.

Miloddan avvalgi 47-yilda Yuliy Syezar topshirig‘i bilanYulian taqvimiishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqqan astronom Sozigen to‘rt yilda bir marta qo‘shimcha kun bilan yilni 365 kungacha kengaytirishni taklif qildi. Mazkur taqvimdagi yana bir yangilik yangi yilningyanvardan boshlanishi bo‘ldi. Aynan shu kuni Rim Respublikasidagi eng yuqori lavozim egalari - Rim konsullari ananaviy ravishda o‘z vazifalariga kirishishgan.

Yulian taqvimi xristian dunyosida 1582 yilgacha asosiy taqvim bo‘lib keladi. Shu yili katolik yo‘nalishidagi xristian davlatlarida Rim papasi Grigoriy XIII buyrug‘i bilan ishlab chiqilganGrigoryan taqvimijoriy etiladiGrigoryan taqvimining qabul qilinishi bilanyanvar yangi yilning birinchi kuni sifatida mustahkamlanadi. Shu bilan birga, turli davlatlarda yangi yilni nishonlash ananalari yanada aniqroq shakllana boshladi.

Qadimgi Rimda yangi yilning birinchi oyini yanvar deb atalashining ham o‘ziga xos sababi borRimliklarning Yanus nomli ilohi ikki yuzliqilib tasvirlangan. Yanus ilohining ikki yuzi bo‘lishi unga bir vaqtning o‘zida o‘tmishga va kelajakka qarashga imkon beradi, deb ishonishganRim aholisining fikricha, Yanus eski yil bilan xayrlashishni va yangi yil bilan uchrashishni o‘zida mujassam etgan. Shu tariqa yangi yilning birinchi oyi Yanus ilohi sharafiga yanvar deb nomlashgan.

1 yanvar yangi yilning birinchi kuni sifatida odamlar ongiga o‘rnasha boshlar ekan, dastlabki vaqtlarda shu kunda odamlar bir-biriga omad tilashi ananasi shakllana boshlaydi. Odamlar yangi yilda bildirilgan birinchi istaklar amalga oshishi mumkinligiga ishonishgan. Avstraliya milliy universiteti klassik tadqiqotlar markazi rahbari, doktor Kailan Davenport yilnishirinbo‘lishiga umid qilgan rimliklar ushbu kunda do‘stlariga sovg‘alar - xurmo, anjir, asal tarqatishganligini, farovonlik keltiradi degan umid bilan bir-biriga tanga berganini yozadi.

Umuman, ushbu bayramning ko‘plab ananalari borki, ular uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Masalan, hozirda ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda keng tarqalgan odatlardan biri yangi yilda har bir odam o‘ziga-o‘zi vada berishidir. Yomon odatlardan voz kechish, shaxsiy hayotda yangicha tartiblarni o‘rnatish va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishadi. Shunga o‘xshash odat qadimgi Mesopotamiya va unga yondosh hududlarda taxminan 6000 yil oldin mavjud bo‘lgan. 12 kun davom etgan Akitubahor bayramida aholixudolarni tinchlantirishuchun qarzlarini to‘lashga va qo‘shnilaridan qarz olgan narsalarini qaytarishga vada berishgan.

Turli mamlakatlarda yangi yil an’analari nafaqat antik davrda, keyingi davrlarda ham shakllanib kelgan. Hozirda dunyo aholisi orasida tarqalgan yangi yil an’analarining aksariyati so‘nggi 200-250 yil ichida shakllangan. Masalan, o‘zining boy vinochilik an’analari bilan mashhur bo‘lgan Ispaniyada XIX asrning oxirida yangi yil kirib kelishi oldidan 12 ta omad uzumini yeyish odati (Las 12 Uvas de la Suerte) paydo bo‘lgan. Odatga ko‘ra yangi yil arafasida 12 ta uzum iste’mol qilinadi, va uzumlarning har biri bir oyni anglatadi. Yangi yil kirgunicha barcha uzumlar yeb bo‘linsa, kelgusi yil muvaffaqiyatli bo‘ladi, deb ishonishgan.

O‘shandan beri Ispaniyaning aksariyat hududlarida 12 ta yangi yil uzumlari omad va farovonlik keltiradi, deb ishonilsa, ayrimlar bunday ramziy marosim yovuz ruhlarni haydab chiqarishga yordam beradi, deb ishonadi. Ushbu an’ana Ispaniya bilan yaqin madaniy aloqalarni saqlab qolgan Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham tarqalgan. Uzumlar agar ular bayramni oila a’zolari bilan nishonlashsa, uyda, yangi yil oldidan shahar bo‘ylab sayr qilinsa, asosiy maydonlarda iste’mol qilinadi.

Nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan yana bir mahalliy an’ana - Nyu-Yorkdagi Tayms xiyobonida vaqt shari deb ataladigan sharning minora yuqorisidan pastga tushishidir. 100 yoshdan oshgan an’anaga ko‘ra, yilning oxirgi kunida – 31 dekabr kuni Tayms xiyobonining markaziy qismida joylashgan binoning tepasidan turli xil ranglarda porlab turgan ulkan yangi yil shari pastga tushadi. XIX asrda sharlar mayoqlarda va portlarda ko‘tarilib, ma’lum bir vaqtda - odatda peshin yoki soat 1 da pastga tushirilgan. Sharni kuzatayotgan dengizchilar uning harakatidan vaqtni aniqlashgan. Yangi yil shari birinchi marta 1907 yilda yangi yil bayrami munosabati bilan minoradan tushiriladi. Temir va yog‘ochdan yasalgan birinchi yangi yil sharining og‘irligi 318 kg., diametri esa 1,5 metr bo‘lgan. Bugungi kunda shar sezilarli darajada kattalashgan. Hozirda uning og‘irligi 6 tonnani, diametri 3,7 metrni tashkil etadi. Shar butun yil davomida minorada osilib turadi va yiliga bir marta – yangi yil bayramida yerga tushiriladi. Shahar aholisi o‘tib borayotgan yilning so‘nggi soniyalarida vaqt sharining tushishidan shunchalik zavqlanishdiki, u hozirgacha Tayms xiyobonida o‘tkazilib kelinadi.

Grigoryan taqvimining dunyodagi ustun mavqeiga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda o‘ziga xos, milliy vaqt hisobi saqlanib qolgan. Shuning uchun hamma joyda yangi yil 1 yanvarda nishonlanmaydi. Ko‘pgina mamlakatlarda Yuliy Sezar islohotidan oldin ham ma’lum bir taqvim davrining tugashini ko‘rsatadigan bahor bayramlari mavjud bo‘lgan.

Turkiy xalqlar quyosh taqvimiga muvofiq Navro‘zni, bahor va yangi yil kirishi kunini – 21 martni nishonlaydilar. Xitoy yangi yili nomi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda “bahor bayrami” deb nomlanadi va Grigoryan taqvimiga ko‘ra 22 yanvardan 9 fevralgacha nishonlanadi. Yahudiylarning yangi yili “Rosh xa-Shana” deb nomlanib, sentyabr yoki oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Yangi yilning yurtimizga kirib kelishi Rossiya imperiyasi davri bilan bilan emas, balki Sovet ittifoqi bilan bog‘liqdir. Garchi 1 yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699 yildan Pyotr I buyrug‘i bilan mustahkamlangan bo‘lsa ham, Rossiya imperiyasidagi e’tiborli bayramlar sirasiga kirmagan. Sovet ittifoqi davriga kelib yangi yil ommaviy ravishda nishonlana boshlanadi, ayni paytda ittifoqdosh respublikalarda ham keng tarqaladi. Hozirgi kunda 1 yanvar dunyoviy bayram bo‘lib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi.

Mahmudxon Yunusov,

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.