Yangi yildan aholi punktlarining bosh rejasi jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi

«O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab qurilish ustidan jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida aholi punktlarining bosh rejalari jamoat muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.

Bunda aholi punktlari bosh rejalarining jamoat muhokamasi quyidagi tartibda:

I bosqich – fuqarolarni jamoat muhokamasini o‘tkazish muddatlari, joyi va tartibi bilan tanishtirish;

II bosqich – aholi punkti bosh rejasining loyihasi bo‘yicha jamoat muhokamalarini (yashovchilar, yerdan foydalanuvchilar va ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlarining muhokamalari, ijtimoiy so‘rovlari, fikrlarini to‘plash va boshqa usullar) o‘tkazish;

III bosqich – jamoat muhokamasining qayd etilgan natijalari asosida jamoat fikrini tahlil qilish;

IV bosqich – jamoat muhokamasi natijalari haqida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmog‘i orqali aholini xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.