Yangicha yondashuv kerak

Samarqand pedagogika kollejida ham o‘quvchilarga ta’lim berishda interfaol usullardan foydalanilmoqda. Darslar davomida ta’lim yo‘nalishidagi videoroliklar ko‘rsatilib, savol-javoblar o‘tkazish o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashda yordam beryapti. 
Bo‘lajak tarbiyachi bolalar psixologiyasini mukammal o‘rganishi zarur. Shu maqsadda o‘quvchilarga maxsus psixologiya darslari ham o‘tiladi. Bola ruhiyatini yaxshi o‘rgangan tarbiyachi unga ta’lim-tarbiya berishda qiynalmaydi, turli xil fe’l-atvordagi bolakaylar bilan oson til topishadi. 

Shohida QILIChEVA,
Samarqand pedagogika kolleji katta o‘qituvchisi.