Yaponlardan nimani o‘rgansak bo‘ladi yoxud kunchiqar mamlakat rivojining oddiy sirlari nimada?

Yaponiyada boshlang‘ich sinflarga toki oltinchi sinfgacha "Axloq tomon yo‘l" dasturi ostida dars o‘tishar ekan. Bunda o‘quvchilar faqat axloq va kishilar bilan muomalani o‘rganishadi.
Birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha imtihon bo‘lmas ekan. Chunki bu vaqtda maqsad tarbiya qilish, tushunchalarni undirish va shaxsiyatni shakllantirish bo‘lar ekan.
Yaponlar boy bo‘lishiga qaramasdan ularda xizmatkorlar yo‘q ekan. Uy va bolalarga ota-onalarning o‘zlari mas’ul.
Yapon o‘quvchilari ustozlari bilan birga har kuni 25 daqiqa maktabni tozalash bilan shug‘ullanishar ekan. Bu ularni tozalikka mehrli va kamtarin bo‘lib o‘sishlariga yordam berar ekan.
Yapon o‘quvchilari maktabga o‘zlari bilan zararsizlantirilgan tish cho‘tkasini olib borishar ekan. Ovqatdan so‘ng tishlarini yuvisharkan. Shu zayl ular yoshlikdan salomatliklariga e’tiborli bo‘lishga ko‘niktirilar ekan.
Maktab mudirlari o‘quvchilardan yarim soat oldin ovqatlanishar ekan. Bu bilan ovqat bolalarga zarar beradimi-yo‘qmi, shuni aniqlab berishar ekan. Ular o‘quvchilarni Yaponiya kelajagi deb bilishar, ularni himoya qilish lozim, deb e’tiqod qilishar ekan.
Yaponiyada farroshlarni "salomatlik muhandislari" deyishadi. Ular 5000 dan 8000 dollargacha maosh olishadi. Ularni ishga olishdan oldin yozma va og‘zaki imtihondan o‘tkazishar ekan.
Yaponiyada poyezdning kechikish o‘lchami yilida 7 soniya ekan. Ular uchun vaqt juda qiymatli. Soniya va daqiqalarga o‘ta diqqatli ekan ular.