Yaponiyada Trampning uzoq yillik orzusi amalga oshdi

Yaponiyaga davlat tashrifi chog‘ida Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan sumo bo‘yicha turnirga bordi.

Tramp uchun sumo maydonchasi qarshisida maxsus o‘rindiq o‘rnatilgan va prezident musobaqani shu yerdan tomosha qilgan.

O‘yindan so‘ng Tramp AQSh hukumati tomonidan yasatilgan 30 kilogrammlik maxsus kubokni g‘olibga topshirgan.

Kechqurun tashkil etilgan ziyofatda dasturxonga yapon milliy taomlari tortilgan va Tramp “sumo tomoshasini ko‘rish uzoq yillik orzusi ekanini” aytib o‘tgan.

Donald Tramp Sindzo Abe bilan muloqot chog‘ida Koreya yarimorolidagi vaziyat, ikkitomonlama savdo aloqalarini muhokama qilgan.

1 may kuni Yaponiyada Naruxito imperator vakolatlariga ega bo‘lgandi va shu sanadan boshlab mamlakatda Reyva erasining birinchi yili boshlangandi.

Trampning Yaponiyaga tashrifi 28 may kuni nihoyasiga yetadi.