Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar fonida 5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Yaqin Sharqda davom etayotgan harbiy mojaro sabab Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil, Iordaniya, Birlashgan arab amirliklari va Livan havo hududi turli muddatlarga parvozlar uchun yopiqligicha qolmoqda.

28 fevraldan 2 martgacha bo‘lgan davrda Quvayt, Isroil, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdan 1681 nafar O‘zbekiston fuqarosi uchib keta olmagan.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, fuqarolarni yurtga qaytarishni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi aviakompaniyalar bilan hamkorlikda aniq rejalar ishlab chiqdi. Ishlarni muvofiqlashtirish uchun «O‘zaviatsiya» agentligida 24/7 rejimida ishlaydigan shtab tashkil etilgan.