Rossiyada pasportlari va oylik ish haqlari berilmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasi mazkur hududdagi "Mega food" va Saratov oblastidagi "Meliorator" korxonalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz murojaatlarini o‘rgandi.

Ushbu holatlarga aniqlik kiritish maqsadida politsiya xodimlari bilan hamkorlikda korxona rahbarlari bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Natijada yurtdoshlarimizning pasportlari va oylik ish haqi olib berildi. Ish beruvchilar Rossiya Federatsiyasining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlari bo‘yicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi.