Yaroqsiz ko‘z tomchilari sababli to‘rt kishi vafot etdi, 14 kishi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi

AQShda infeksiyalangan ko‘z tomchi dorilari insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi.

Jabrlanganlar EzriCare Artificial Tears ko‘z tomchilaridan foydalangan bo‘lishgan, deyiladi xorijiy OAV xabarlarida.
Mamlakat aholisi yanvar oyidayoq ushbu dori vositasidan foydalanmaslikka chaqirilgan edi.
Brendga egalik qiluvchi Global Pharma esa fevral oyida oziq-ovqat va farmatsevtika idorasining rasmiy tavsiyasidan so‘ng mahsulot ixtiyoriy ravishda qaytarib olinishini bildirgan.
EzriCare Artificial Tears ko‘z tomchilarida o‘tkazilgan nazorat sinovi ularda bakterial ifloslanish mavjudligini tasdiqlagan.