Yashash uyida qonunga xilof ravishda qurol saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yilning 20 aprel kuni Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xatirchi tumani Tasmachi MFYda yashovchi 45 yoshli U.R. o‘zining yashash uyida 2 dona ov qurollari va 9 dona patronlarni tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu ov quroli va patronlar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

O‘tkazilgan sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan ikki qurolning biri yaroqsiz bo‘lib, ikkinchi qurol esa 16 kalibrli “IjK” rusumli ov quroli ekanligi va 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan, ishlatishga yaroqli bo‘lgan 9 dona patronlari otish uchun yaroqli ekanligi anqilangan.

Holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-kismi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.