“Yashil investitsiya”: Xitoydan – Kattaqo‘rg‘onga
- 28.11.2023 17:22
- 110
- Samarqand
26-28 noyabr kunlari Xitoy davlatida “Shenchjen – Markaziy Osiyo: Nol karbonli shahar sanoat kooperatsiyasi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Unda O‘zbekistondan taklif etilgan delegatsiya tarkibida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari Jamshid Nosirov ham bo‘ldi va forumda ishtirok etdi. Tadbir doirasida Shenchjen shahridagi "Leons King group" korxonasida bo‘lib, korxona ijrochi direktori Sunchuan Jou bilan yog‘-moy chiqindilaridan biokerosin va biodizel yoqilg‘ilari, shuningdek, ovqatlanish shoxobchalaridagi ishlatilgan yog‘ mahsulotlarini qayta ishlagan holda toza va sof foydali mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara olib borildi.
Natijada xitoylik investor 2024 yil boshida Kattaqo‘rg‘on shahriga keladigan va ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kelishuv imzolaydigan bo‘ldi.
Hilola Ergasheva.