"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi
Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan «Yashil makon» loyihasi doirasida bog‘larga, ko‘cha atroflariga, o‘quv binolari hovlilariga daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari davom ettirilib kelinmoqda.
Bugun, 11 mart kuni o‘quv binolari atroflariga, bog‘larga Yurtboshimizning «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida institut jamoasi ishtirokida 1000 tupga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi. Professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ushbu tadbirda faol ishtirok etdi.
SamDChTI axborot xizmati.