“Yashil” yo‘lakdan uchish apparatlari “uchib o‘tolmadi”
Bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kelish holatlari uchramoqda.
Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportiga “Stambul-Samarqand” yo‘nalishidagi 276-raqamli aviareys bilan uchib kelgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.U. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli bo‘lgan yuklarda shubhali buyumlar borligi sababli bojxonachilar uni to‘xtatishdi.
Xolislar ishtirokida unga tegishli bo‘lgan sumka bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Sumka ichidan qora rangli xorijda ishlab chiqarilgan “CORBY DRONES” nomli uchuvchisiz uchish apparati (dron) yashirin ravishda olib kirishga urinishi fosh qilindi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 150-son Qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati.