Yaxshi yangilik: AQSh o‘zbekistonliklar uchun vizasiz tartib joriy etishi mumkin — muzokaralar rasman boshlangan
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov O‘zbekiston fuqarolari uchun vizaviy tartibni yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy eng yuqori darajada bo‘lib, bu fuqarolar uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: AQSh fuqarolari allaqachon O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega. Endi esa javob chorasi sifatida shunga o‘xshash qaror qabul qilinishi ehtimoldan xoli emas.