“Yil boshida paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobidan aholiga 80 ming gektar maydonni bo‘lib berish boshlandi” — Prezident
Davlat rahbari raisligida o‘tayotgan videoselektorda ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat yetishtirishni kabi masalalar muhokama etilmoqda.
“Ko‘rib turibsiz – dunyoda oziq-ovqat tanqisligi muammosi kuchayib bormoqda. Ayniqsa, mahsulot yetishtiruvchi asosiy davlatlarning eksportga cheklovlar qo‘yishi va transport-logistikadagi uzilishlar muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi kamida 20 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.
Bizda aholi daromadining 40-50 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi.
Shu bois, yuqoridagi xavf-xatarlarning aholimizga ta’sirini yumshatish bo‘yicha har bir mahalla, tuman, viloyat darajasida aniq hisob-kitob va chora-tadbirlar qilish kerak. Buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berganmiz”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.
Ta’kidlanishicha, yil boshida paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobidan aholiga 80 ming gektar maydonni bo‘lib berish boshlandi.