Yil boshidagi birinchi seminar aholi bandligiga bag‘ishlandi

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida mahallalarning o‘sish nuqtalari (drayverlar)ni aniqlash va rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka o‘rgatish, o‘zini o‘zi band qilish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyatdan biriktirilgan boshqarma, bank rahbarlari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi vakillari, shahar va tumanlarning birinchi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi.

Barcha tuman-shaharlarning to‘rttadan sektoridan mahallar raislari ishtirok etgan seminarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov ishni mahallabay tarzda tashkil etish bo‘yicha tushuncha berdi.

Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.