Yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Bojxona qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda Davlat byudjetiga 58,4 trln so‘m bojxona to‘lovlari undirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga oshdi.

2023 yilda 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, 663 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 21 mingta taqiqlangan materiallar, 21 ta qurol va 8626 ta o‘q-dorilar, 28 mlrd. so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklari, 162 kg zargarlik buyumlari, 5,6 mln quti tamaki mahsulotlari hamda 4,8 mln dona pirotexnika vositalari ushlab qolindi.

Umumiy hisobda aniqlangan 21 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida qariyib 1 trln. so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.