“Yil talabasi – 2020” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Samarqandda bo‘ldi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Yil talabasi-2020” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli yoshlarni kashf etish va saralash, ularning ilmiy va intellektual salohiyatini rag‘batlantirish, qolaversa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini yanada jonlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning birinchi bosqichi respublikamizdagi 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida sentyabr va oktyabr oylarida o‘tkazilgan. Unda jami 7 ming nafardan ortiq talaba ishtirok etib, ulardan 427 nafar yoshning ishlari respublika bosqichi uchun saralab olingan.

Yakuniy bosqichda tanlovning barcha turlarida muvaffaqiyat qozongan 21 nafar talaba, shuningdek, 14 nafar laureat va 6 nafar g‘olib taqdirlandi. G‘olib talabalarga pul mablag‘i, maxsus diplom va plaketkasi, shuningdek, sovg‘alar taqdim etildi. 

Gulchehra Berdiyorova.