Yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilgan shaxs “navbatning” oxiriga o‘tadi

UzAutoMotors kompaniyasining eslatishicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga o‘tadi hamda avtomobillarni yetkazib berish muddati 120 kunga oshadi. 

"Keyinchalik bir kishi tomonidan bir nechta avtomobillarni sotib olish amaliyoti takrorlangan taqdirda kompaniya iste’molchilar uchun avtomobillar mavjudligini ta’minlash maqsadida ushbu muddatni 270 kungacha uzaytirishni ko‘rib chiqmoqda", deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya, shuningdek, internet platformalarida to‘lovi amalga oshirilmagan shartnomalarni "sotib olish"da ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. Chunki shartnomani na diler, na xaridor o‘zgartira oladi, deyiladi xabarda.