Yilning 10 yoshli «Eng yaxshi sportchisi» Spark avtomobili bilan taqdirlandi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, 28-29-30 dekabr kunlari «Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali yakuniga yetdi.
Bugun yurtdoshlarimiz yilning eng yirik loyihalari – shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati hamda kibersport bo‘yicha ““Uzbekistan Online Cup” musobaqalarining Grand Final g‘oliblarini bilib olishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionatida birinchilikni Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 10 yoshli Humoyun Bekmurodov qo‘lga kiritdi va Spark avtomobili bilan taqdirlandi.
Shuningdek, umumiy jamg‘armasi 100 million so‘mdan ziyod bo‘lgan kibersport musobaqasi g‘oliblariga ham sovg‘alar topshirildi.
Kunning eng kulminatsion voqeasi – murakkab sharoitda kechgan 2020 yilning “Eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasiga dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Davlat Bobonov munosib ko‘rildi.
Qolgan nominatsiyalarda g‘oliblar quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Yilning eng yaxshi treneri” – Roman Shakirov, sambo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi;
“Yilning eng yaxshi sport shifokori” – Sunnatilla Yo‘lchiyev, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport travmatologi;
“Yilning eng yaxshi sport tashkiloti” – O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi.