“Yilning eng faol yosh moliyachisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” tadbirlari tashkil etilib, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilgan edi.

E’tiborlisi, viloyat moliya bosh boshqarmasi xodimi Baxriddin O‘roqov tomonidan taqdim etilgan moliyaviy loyiha ko‘rik-tanlov hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, moliya vazirligi tomonidan “Yilning eng faol yosh moliyachisi” respublika ko‘rik-tanlovida ikkinchi darajali diplom va maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.