"Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyatining 16 ta tuman, shaharlarida Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 224-sonli buyrug‘iga asosan, “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Tanlov jarayoni xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda boshqarmaning metodik xizmat bo‘limi tomonidan Zoom platformasi orqali kuzatib borildi.

Viloyatimizdan ushbu tanlovda qatnashish istagini bildirgan 900 nafardan ortiq ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili fani o‘qituvchilari tanlovning tuman, shahar bosqichida birinchi tur, ya’ni onlayn test jarayonida ishtirok etdi.

Shundan, 164 nafar o‘qituvchi 40 ta test savollaridan 26 baldan yuqori natijani qo‘lga kiritib, tanlovning ikkinchi turi (taqdimot)da qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.