Yolg‘onni kim ko‘p gapiradi: ayollarmi yoki erkaklar? Neyrobiologlar bu savolga javob topishdi
Odamlarda aldashga moyillik bor va ma’lum bir lahza - halol bo‘lish oddiy va oson ekanini fahmlay olgunga qadar har bir kishi vaqti-vaqti bilan haqiqatni buzib turadi.
Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq yolg‘on gapiradi, degan fikr bor. Lekin nima uchun ular bunday qiladi va bu ularga umuman ishonish mumkin emasligini anglatadimi?
Ushbu savolga javobni psixologlar yoki sosiologlar emas, balki tor ixtisos vakillari - neyrobiologlar topishga urinishdi.
Xo‘sh, nega ayol bor haqiqatni yashirishga harakat qiladi?
Pensilvaniya universiteti nevrolog(neyrobilog)lari bu dasturni ayolga tabiatning o‘zi “o‘rnatgan”, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, ushbu qobiliyat ayolga yanada moslashuvchan va yoqimli(masalan, birov uchun jonkuyarlik qilsa) bo‘lish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar 400 dan ortiq erkak va 500 dan ortiq ayolning miyasini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol miyasi hissiy va ijtimoiy aloqalarda yaxshiroq ishlaydi, erkak miyasi esa ko‘proq amaliy harakatlarga yo‘naltirilgan.
Keyinchalik erkak miyasi nutqni asosan chap yarim shar bilan qayta ishlashi, ayollarda esa bu jarayonda ikkala yarim shar ham ishtirok etishi aniqlandi.
Shu sabali bo‘lsa kerak, qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ertaroq gapira boshlaydi.
Lekin gap bunda emas. Nutqni qayta ishlashning bu xususiyati ayollarga suhbat davomida satrlar orasida o‘qish yoki eshitish imkonini beradi. Shutarzda ular nafaqat suhbatning haqiqiy mag‘zini tushunib oladi, balki kerakli natijaga erishish uchun suhbatga moslashadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, erkaklarga qaraganda ko‘pincha ayollar yolg‘on gapiradi, chunki ular hohlagan narsasini eshitishni istaydi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.