Yomg‘ir tufayli daryoning 55 metrli beton qoplamasiga katta zarar yetgan
Quyi Zarafshon tizimining “Qoradaryo-Baraj” inshootida o‘tgan va joriy yilda me’yordan ko‘p yoqqan yomg‘ir natijasida sel va toshqin suvlari inshootdan suv oluvchi “Qoradaryo” daryosi bosh qismining 55 metrli beton qoplama qiyaligiga katta talafot yetkazdi.
Bahorgi yog‘ingarchiliklar oqibatida yuz bergan tabiiy va texnogen vaziyatlar respublikamizning turli hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham uchradi. Bu davlat byudjetiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois hashar tashkil etilib, “Qoradaryo” daryosi bosh qismini beton qoplamalari bilan to‘liq qaytadan tiklash ishlari boshlab yuborildi.
Hozirgacha Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Quyi Zarafshon tizimi ishchi-xizmatchilari va mavjud texnikalar ishtirokida 140 metr/kub beton qoplamali qiyalikni ta’mirlash-tiklash hamda atroflarini begona o‘tlardan tozalash ishlari to‘liq yakunlandi.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.