"Yosh kitobxon": Nurobodlik Gulmira tanlovning respublika bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi.

Ushbu bosqichda respublikamizdagi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan eng iqtidorli va zukko yoshlar o‘zaro raqobatga kirishdi. Quvonarlisi, tanlovda Samarqand viloyati nomidan nurobodlik yosh kitobxon Gulmira Norpo‘latova ishtirok etib, viloyatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Yakunda G.Norpo‘latova jami 334,7 ball to‘plab, faxrli 2-o‘rinni egalladi va 75 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.