Samarqandda “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda

Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida uch yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 48 nafar kitobsevar yoshlar o‘zaro bellashmoqda.

- Bu tanlovga o‘tgan yili 10-14 yosh toifasi bo‘yicha qatnashib, respublika bosqichida ikkinchi o‘rinni egallaganman, - deydi oqdaryolik Gulsanam Abdulhakimova. - Bu yil 15-19 yoshlilar orasida o‘zimni sinab ko‘ryapman. Asosiysi, “Spark” sohibasi bo‘lish emas. Bilimimni boyitish, nutqimni o‘stirish. Ikki yil ichida 100 dan ziyod badiiy kitob o‘qidim. Buning, albatta, kelgusida foydasi katta ekanligini bilaman.

Uch kun davom etadigan tanlovning ayni paytdagi bosqichida 10 yoshdan 14  yoshgacha bo‘lgan 16 nafar kitobxon o‘g‘il-qiz uch shart bo‘yicha o‘z bilimini sinab ko‘ryapti.

To‘lqin Siddiqov.