Samarqandda kitobxonlik festivali g‘oliblari taqdirlandi

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida beshta muhim tashabbus doirasida respublika bo‘ylab kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilyapti. 

Bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida kitobxonlik festivalining taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Festivalda ertaklar bilimdoni, mening kutubxonam, kitobxon oila hamda yilning eng yaxshi kutubxonachisi nominatsiyalari bo‘yicha 1-, 2- va uchinchi o‘rin g‘oliblari taqdirlandi. 

- Haftaning har bir kunini kitobxonlik, sport mashg‘ulotlari kabi alohida mashg‘ulot kunlari.sifatida belgilab olganmiz, - deydi kitobxon oila nominatsiyasi 1-o‘rin sohibi Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 11-ixtisoslashgan maktabi o‘qituvchisi Saida Elmurodova. - Tanlovda ishtirok etgan boshqa kitoxon oilalar ham kuchli tayyorgarlikka ega edi. Ayniqsa, tanlovning final bosqichi qizg‘in o‘tdi.

Tadbir so‘ngida g‘oliblariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.